Superligada 2-o‘rinmi yoki OFK kubogi g‘olibligi, jurnalistlar qo‘shib yozvorgani va boshqalar borasida - Ro‘ziqul Berdiev

  • 21 sentabr, 2021, 12:52
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

 22 sentyabr kuni OFK Kubogi-2021 hududlararo yarim finalida Qarshining “Nasaf” klubi Hindistonning “Moxun Bagan” jamoasini qabul qiladi. Bugun uchrashuvdan oldin jamoalar bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Anjumanning ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Ro‘ziqul Berdiev ishtirok etdi.

- OFK kubogida raqiblar jiddiylashib bormoqda. Hindiston klubini o‘rganganimizda raqib kuchli ekanligini bildik. Ular mamlakatining eng etakchi jamoalaridan biri.

O‘z navbatida, biz ham yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. O‘yinning ahamiyatini hamma tushunib turibdi. Futbolchilar jismonan tayyor. G‘alaba uchun harakat qilamiz.

Ertangi g‘alaba reytingga ta’sir qiladi. Ma’lum ochkolarni qo‘lga kiritishimiz mumkin. Shuning uchun o‘yinda muxlislarni xursand qilishga bor kuchimiz bilan kurashamiz.

Hindiston jamoasida alohida ajratib ko‘rsatadigan futbolchilar bor. Biroq hozir ma’lum futbolchilarga emas, balki jamoa yaxshi shakllangan ekanligini aytish muhim. Ular britancha futbol o‘ynaydi. Murabbiy taktikani o‘zgartirib boradi. Legionerlar borasida ham yaxshi tanlovlarga ega. Ikki jamoa natijaga erishishga intiladi. 

Tanlash kerak bo‘lsa, imkoniyatdan kelib chiqib Superligada ikkinchi o‘rinni olishni tanlarmidingiz yoki OFK kubogidagi chempionlikni? Ko‘proq OFK kubogiga e’tibor qaratganmiz... Lekin ikki frontda ham kurash olib borishga harakat qilamiz.

Jamoadagi muammolar? Bu OAVda yozilganichalik katta emas. Jurnalistlar qo‘shib yozishdi. Chunki biz rahbariyat bilan katta janjalga bormaganmiz. Faqat shu biroz e’tibor qaratishlarini so‘radik xolos.

photo_2021-09-21_10-41-21

Husniddin Aliqulov futbolchi:

- Raqibni yaxshi o‘rgandik. Ertaga chiroyli o‘yin namoyish etib, muxlislarni xursand qilishga intilamiz.

photo_2021-09-21_10-41-21 (3) - kopiya

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Мехриддин Абдурахмонов
21/09/2021 15:29
Бир ОФК кубогини олиб келган, Яна олиб келса яхши буларди.
&
Diyorbek 《NASAF》
21/09/2021 13:23
Olg'a Nasaf
Baxil Alihuja
21/09/2021 17:11
Узбекистон шарафини охирги йилларда муносиб химоя килиб келаётган ягона клуб бу НАСАФ. Бошка клубларимиз(Пахтакор) хар гал гурухдан хам чика олмай, охирги урин олиб шарманда килиб келмокда.