Superligada 28-tur yakunlandi. Turnir jadvali bilan tanishing
Kecha "Surxon" - "Sho‘rtan" klublari ishtirokidagi to‘qnashuv bilan Superliganing 28-turi ham o‘z nihoyasiga etdi.
Ushbu tur doirasida kutilmagan natijalar ham etarlicha bo‘ldi. Dastlab, "Buxoro" o‘z uyida "Neftchi"dan ochko tortib olishga muvaffaq bo‘ldi. "Qo‘qon-1912" ham "Paxtakor" bilan bahsda, durangg erishdi. Shuningdek, Ro‘ziqul Berdiev boshchiligidagi "Nasaf" o‘z maydonida "Mash’al"ga 2:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Bundan tashqari, bir necha qiziqarli uchrashuvlar ham bo‘ldi. "Dinamo" bu turda "Bunyodkor" bilan to‘qnash kelib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. OKMK esa Olmaliqda "Navbahor"ni qabul qilib, 3:1 hisobida zafar quchdi.
Mazkur tur bellashuvlaridan so‘ng turnir jadvalidagi holat bilan tanishing.
.png)
Fikrlar