Superligada mavsumdagi dastlabki iste’fo ro‘y berishi mumkin

  • 5 aprel, 2019, 01:11
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 3-turi doirasida "Lokomotiv"dan uchralgan yirik (0:4) mag‘lubiyatdan so‘ng "Andijon" bosh murabbiyi Eldor Sakaev iste’fo berishiga sha’a qildi.

Tecno

"Birinchi golni o‘tkazib yuborgach, kontsentratsiyani yo‘qotib qo‘ydik. G‘alabada futbolchilar e’tirof etiladi, mag‘lubiyatda esa murabbiy. Hujumda muammolarimiz bor. Orta qolgan 3 bahsda 1 gol kiritdik va u ham bo‘lsa standart vaziyatdan. O‘ylashimcha, hujumchilarimizga sovuqqonlik va biroz agressivlik etishmayapti.

Og‘ir mag‘lubiyatni qabul qilib oldik. Futbolda mayda narsalar bo‘lmaydi. O‘yindan-o‘yinga tayyor bo‘lib boramiz. Biz bugun amaldagi chempionlarga qarshi o‘ynadik. Futbolchilarga e’tirozim yo‘q, bugun men mag‘lub bo‘ldim.

Ro‘zimboy Ahmedov 2-turda "Qo‘qon-1912"ga qarshi bahsda jarohat olib maydonni tark etgan edi. Uning safga qaytishi uchun 4-5 kun zarur.

"Qizilqum" bilan o‘yindagi durang uchun mukofot pullari? Yo‘q, biz hali mukofot puli olganimiz yo‘q. Qarzdorlik? Keling yaxshisi, bu haqda gamirmaylik. Bu klubning ichki ishi sanaladi va matbuotga olib chiqmoqchi emasman.

Har bir klubda muammo bor, ular o‘sha klubni ichida hal etilishi kerak. Bugun o‘zim uchun qaror qabul qilishim kerak: yoki ishimni davom ettiraman, yoki ketaman", - dedi Sakaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!