Superligada turning markaziy o‘yini tahlili. Diqqat markazimizda “Surxon” – “Nasaf” to‘qnashuvi

  • 30 iyul, 2019, 22:00
  • Bekzod Isayev
  • 7
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir necha soat avval SPORTS.uz saytida yangi loyiha borasida xabar berib o‘tgandik. Unda Qatarda faoliyat yuritayotgan hamyurtimiz, ko‘pchilik yaxshi taniydigan mutaxassis Alisher Nikimbaev bilan ham hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan Superligada turning markaziy o‘yini tahlil qilindi.

Tecno

Loyihaning ilk sonida “Surxon” – “Nasaf” uchrashuviga e’tibor qaratildi. Unda Alisher Nikimbaev quyidagilarni bayon etdi.

- Nega “Surxon” – “Nasaf” uchrashuvi men uchun turning markaziy o‘yini? Sababi, bu ikki jamoaning ochkolari bir xil edi. “Lokomotiv” yutqazsa, ikkalasidan qaysi biri o‘zaro bellashuvda yutsa oldinga o‘tardi. “Temiryo‘lchilar” bilan oradagi farqni kamaytirib, 3 ochkoga keltirishi mumkin edi. Shuning uchun ushbu bahsni bellashuvdan avval markaziy deb o‘ylagandim. Lekin o‘yin sifati bo‘yicha buni markaziy uchrashuv deya olmayman. Chunki, termizliklar bunaqa xatolari bilan 3-o‘ringa ko‘tarilishga munosib emaslar. 3-o‘rinda bugungi vaziyat bo‘yicha keyingi yili OChLda qatnashadigan jamoa bo‘lishi kerak. “Surxon” qarshiliklarga ko‘rsatgan o‘yini bilan xalqaro maydonda ishtirok etishga munosib emas. Uchta golda ham qo‘pol xatolar tufayli “Nasaf” gollar urgan.

_DSC8219

Birinchi golda darvozabon xatoga yo‘l qo‘ydi. Ikkinchisida himoyachi burchakdan to‘p tepilgan paytda ishonchsiz harakat qilib, yiqilib tushdi va “ajdarlar” futbolchisi raqibning hech qarday qarshiligisiz bemalol darvozani ishg‘ol etdi. Bu bilan gol osonlikcha urildi demoqchi emasman. Lekin eng asosiysi, hujumchi jarima maydonida to‘pni osonlikcha qabul qilib olgan.

Uchinchi gol qarshi hujumda urilsa-da, markaziy himoyachi pozitsiya tanlashda xato qildi. Chunki himoyachi bir yoki ikki qadam oldinda bo‘lganda, raqib o‘yindan tashqari holatga tushardi. Qolaversa, ikkinchi markaziy himoyachi sherigining yonida bo‘lishi kerak edi. Shunda hujumchi darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqmasdi.

_DSC8394

Umuman olganda, “Surxon” bugungi kunda turnir jadvalining yuqori o‘rinlarida yurgani ushbu bellashuv orqali bu o‘ringa munosibmasligi ko‘rindi, - deya fikr bildirdi Alisher Nikimbaev.

Ma’lumot o‘rnida, Termizda mezbonlarning mag‘lubiyatidan so‘ng ko‘p ming sonli muxlislar jamoadan mamnun emasliklarini, klubni “tozalash” kerakligini so‘rab namoyish o‘tkazishgani aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. O‘z navbatida ishqibozlar yaqindagina klub murabbiyligiga olib kelingan Baxtiyor Ashurmatovning iste’fosini ham so‘rashgan. Bunga javoban klub rahbariyati kecha Ashurmatov bilan o‘zaro kelishgan holda shartnomani bekor qilishganini e’lon qildi. Shu tariqa, “Surxon”da murabbiylar almashinuvi davom etadi.

Termizliklar joriy yilning o‘zida bir nechta murabbiyni “sinovdan o‘tkazish”di. Jamoa mavsumga tayyorgarlikni Ilhom Mo‘minjonov qo‘l ostida boshladi. Biroq Mo‘minjonovning chetlatilishi tufayli “Surxon”ni Anvarjon Soliev boshqarishi ma’lum qilindi. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay “rul”ni Andrey Miklyaev egalladi. Ammo uchinchi o‘rinda borayotgan paytda klubda yana murabbiy almashdi. Bu gal Baxtiyor Ashurmatov “Surxon” klubi ustoziga aylangandi. Ammo u ham Termizda ko‘p vaqt ishlamadi. Endi navbat kimga kelganligini yaqin orada bilib olsak ajab emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Farxod
31/07/2019 11:06
Нега унда уйинчилар биринчи даврадагидек уйнолмай колган? Уйинчиларни тасвирдан якиндан курганда хечам кайфияти йук. Буларни эркалаш керакми? Буларга нима етмаяпти? бир икки нарса учун уз жамоасини жар ёкасигача олиб бориш керакми? Бу уйинчиларни хар уйинини хурмат килиб келаётган мухлисларини юзига копток урнида куришди ва аямай тепишди. Сурхон жамоаси бир кунда мухлислар нафратига учради. Хеч фахрланмай колдим уз жамоамга. Гарчи собик сурхон жамоаси йук булиб кетган булсада бунчалик алам кимаганди.
Аббос Расулов
30/07/2019 22:53
Сурхон химоячилари лайлак хайдаб турганди насаф хужумчилари гол урип кетти 3 ачкони об ташела насафдан бумаса пахтакорга етволиши мумкин. кейин кийналмела диманда
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
30/07/2019 22:31
davomi bormi. shu ikki ogiz gapni aytdilami. Nasaf haqiga ham ikki ogiz gapirmadilami. Nasaf usha kuni raqib uyinnidan chiqib kelib harakat qildi. agar Surhon uyin tempini kutarsa Nasaf ham. kutarardi. keyin. Nasaf hafo issiqligini hisobka olib harakat qildi.
&
JASUR3838
30/07/2019 23:39
Indi Vaqtida Osiyoni titratgan jamoa bu Nasaf.Nasaf Xalq jamoasi olg'a Nasaf
Илхом Anvarov
31/07/2019 11:24
Алишер Никимбаев ты что за эксперт??? Ты сам казах и любишь наверное футбол Казахстана и России! Ты кто такой давай До Свидание! Запомни как говорил Наш Президент рука наша достанет вас даже за рубежом. Так что молчи и не смей дебютантов лиг Узбекистана унижать тебе такое право никто не давал. Откуда тебе знать что Сурхон не достоин 3го места и не имеет право играть Азиатской Лиге Чемпионов, если же ты эксперт то ты должнен знать что в 1994 году на Азиатских Играх большинство игроков чемпионами стали выходцы из Сурхандарьи:Дурмановы,Бозоровы и тд и тп.
Аббос Расулов
30/07/2019 22:47
Менимча насафни таркатвориб металургга ухшаган жамоаларни купайтириш керак шундагина чемпион булши керак булган жамоа кийналмеди
&
AzizGazieff-Marco Simic 55 PFK Pakhtakor Tashkent Uzbekistan GoLions
30/07/2019 23:30
Taxqirla!!Xo'rla!!Yerga Urrr!!
Paxtakor san doim oldinda Yurrr!!
Raqiblaring alamidan zor yeg'lasin.
Qon yeg'lab qaro yerni tishlasin!!

Paxtakor Buldozer,
Paxtakor Killer,
Paxtakor raqiblani yanchar Fildur.
Paxtakor bilan o'ynashma xech
Beshtani solib qo'ysa bo'ladi kech!!