Superliganing 2-turidan keyingi eng qiziqarli faktlar bilan tanishing!
Xabaringiz bor, bugun Superliganing 2-turi ham o‘z nihoyasiga yetdi.
Ushbu tur doirasida muxlislar bir qator qiziqarli va kutilmagan natijalarga boy o‘yinlar guvohi bo‘lishdi. Masalan, "Andijon" va "Navbahor" "Qizilqum" hamda "Buxoro"ga yengildi. Shuningdek, OKMK ham Urganchda "Xorazm"ga minimal hisobda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. "Neftchi" yirik hisobda "Surxon"ni yengdi, "Nasaf" "So‘g‘diyona"dan ustun keldi. "Paxtakor" esa "Qo‘qon-1912"ni mag‘lubiyatga uchratdi. Turning markaziy bellashuvida Vadim Abramov boshqaruvidagi "Dinamo" Toshkentda "Bunyodkor"ni yutdi (2:1).
Mazkur turdan so‘ng saytimiz o‘z muxlislariga qiziqarli faktlarni taqdim etmoqchi.
— Superliganing bu mavsumida hali durang bo‘lmadi;
— Superliga joriy mavsumida “Neftchi”da hali mahalliy futbolchilar gol urmadi;
— Superligada ”So‘g‘diyona”, “Mash’al” va OKMK hali gol urmadi;
— Superligada “Neftchi”, ”Nasaf” va “Buxoro” hali gol o‘tkazmadi.
Eslatib o‘tamiz, Superliganing 3-tur bahslari 10 mart kuni start oladi.

Fikrlar