
Superliganing yangi mavsumiga qachon qur’a tashlanishi ma’lum bo‘ldi
20 fevral — shanba kuni Superliganing 2021 yilgi mavsumiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Marosim 18:15 dan boshlab, “Sport” telekanali orqali jonli efirga uzatiladi. Bu haqda O‘zPFL rasmiy sayti xabar tarqatdi.
2020 yilgi pandemiya sabab, musobaqalar 20 dekabr sanasiga qadar davom etganidan xabaringiz bor. Shundan kelib chiqib, qishki transfer oynasi o‘tgan yillardagi kabi 17 dekabrda emas, 4 yanvar sanasida ochildi va u 12 martga qadar davom etadi.
9 mart kuni esa Superliganing ilk turi boshlanishi belgilangan. 22 martdagi FIFA kuniga qadar Superliganing 3 ta turi bo‘lib o‘tadi. Hozirgacha Superliganing iyul oyiga qadar bo‘lib o‘tadigan 13 ta turi hamda O‘zbekiston kubogining guruh bosqichi va 1/8 final uchrashuvlari sanalari rejaga kiritilgan. Biroq ayni vaqtda OFK Chempionlar ligasi hamda OFK kubogining markazlashtirilgan formatdagi guruh bosqichiga mezbonlik qiluvchi mamlakatlarni aniqlayotgani va bunda O‘zbekiston shaharlarining ham ehtimoliy mezbonligi bor ekanidan kelib chiqib, 2021 yilgi mavsum taqvimi biroz keyinroq ochiqlanadi.
Fikrlar