Supertaklif Messini o‘ylantirib qo‘ydi

  • 09.05.2023 18:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiyaning L'Équipe nashri Lionel Messi faoliyatini qaerda davom ettirish bo‘yicha jiddiy o‘ylanayotganini yozmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, Messining qo‘lida saudiyaliklarning supertaklifi turibdi. Arablar jahon chempionidan javob kutmoqda.

Yaqinda Messi Saudiya Arabistoniga borganida bu masala ham norasmiy tarzda muhokama qilingan.

Argentinalik yulduzga Evropada qolish muhim. U 2024 yili bo‘ladigan Amerika kubogiga qadar dunyoning eng kuchli ligalarida o‘ynamoqchi. Biroq, Messi o‘tishni istayotgan “Barselona”ning moliyaviy ahvoli transferga imkon bermayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!