Superto‘purar Xolandning o‘zidan zo‘rligini tan oldi
“Bavariya” tarkibda tinimsiz gol urayotgan Robert Levandovski “Borussiya” hujumchisi Erling Xolandning iste’dodiga yuqori baho berdi.
- Xoland zo‘r futbolchi. Yosh bo‘lishiga qaramay, ulkan salohiyatga ega. Kelajakda dunyoning eng zo‘r hujumchisi bo‘lish imkoni bor. Bu aniq.
Erling Bundesligada o‘ynayotgani ajoyib. Men bilan raqobatlashadigan yosh futbolchi borligi yoqadi. Uning gol urishni istashi yuzidan bilinib turadi.
Xoland bir kuni eng zo‘r futbolchiga aylanadi, men esa uzoq muddat yuqori saviyada o‘ynashni xohlayman. Hamma ishlarining joyida bo‘lgan bir paytda bu holatni ushlab qolish ancha qiyin. Xoland esa, yosh bo‘lsa-da, juda ko‘p gol uryapti, - dedi Robert Levandovski.
Joriy mavsumda Robert Levandovski Bundesligada 25 ta uchrashuvda 35 ta gol urgan bo‘lsa, Xoland 22 ta o‘yinda 21 marta to‘p kiritdi.

Fikrlar