Superto‘purarga katta narx belgilandi

  • 23 mart, 2023, 16:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” yozda o‘z tarixidagi eng zo‘r to‘purar Harri Keynni transfer qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Tecno

Hujumchining amaldagi shartnomasi bir yildan so‘ng yakunlanadi va yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davri uni qo‘lga kiritish uchun eng qulay fursat.

The Times nashrining yozishicha, Harri Keynni yangi shartnomaga ko‘ndira olmayotgan “Tottenxem” rahbariyati uni qo‘yib yuborishga tayyor. Mutasaddilar hujumchi uchun 100 million funtdan boshlangan takliflarni ko‘rib chiqadi.

Bundan tashqari, londonliklar to‘lov birdaniga amalga oshirilishini talab qilmoqda. Odatda, qimmatbaho transferlarda to‘lovni bir necha qismga bo‘lib to‘lab borish usuli qo‘llaniladi.

Asosiy da’vogar sifatida “Manchester Yunayted” tilga olinmoqda. Lekin “shporlar” to‘purarni bu klubga berishni istamayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!