Suriyaga qarshi o‘yinda Eshmurodov 98 foizlik natija qayd etdi

  • 17 yanvar, 2024, 19:49
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo kubogi 1-turi doirasida O‘zbekiston va Suriya terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi va unda tomonlar 0:0 hisobida durang o‘ynadi. 

Bellashuv davomida atigi ikkita aniq zarba yo‘llandi. Ularning ikkisi ham vakillarimizga tegishli bo‘ldi, ammo gol urishni ikki jamoa ham eplay olmadi. 

Uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan vakilimiz Umarbek Eshmurodov ushbu bahsda 57 uzatma amalga oshirdi. Ularning 98 foizi manzilga aniq etib bordi. Bu "V" guruhi jamoalarida ilk turdagi eng yaxshi ko‘rsatkich sanaladi.

Eslatib o‘tamiz, Katanets shogirdlari ertaga Hindiston bilan o‘ynaydi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!