"Surxon" klubi futbolchilari 14 iyulda test topshirganmi yoki bugun?

  • 17 iyul, 2020, 20:20
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirgina "Surxon" klubi futbolchilari koronavirus uchun test topshirgani borasida xabar bergandik. Vaziyat qanday ekanligini bilish maqsadida klub matbuot kotibi Elyor Uzoqovga bog‘landik.

Tecno

U bugun barcha koronavirusga test topshirganini tasdiqladi. Hamma javobini kutayotganini ma’lum qildi.

"Surxon" klubi futbolchisi koronavirus yuqtirganlikda gumonlanmoqda. Jamoaning "Navbahor"ga qarshi o‘yini qoldirilishi mumkin

5161577211295

O‘z navbatida PFL rasmiy saytida ham ma’lumot chop etildi. Unda futbolchilar 14 iyul kuni test topshirgani aytilgan. Saytlarda klub futbolchilari bugun test topshirganligi borasida xabarlar chiqqani bois ba’zi muxlislarda "Qaysi ma’lumot to‘g‘ri?", degan savol paydo bo‘ldi. Shuni aytish mumkinki, “Surxon” klubi futbolchilari Nuriddin Hasanov hamda Xusniddin G‘ofurovda 13 iyul kuni holsizlanish alomatlari sezilgan. Natijada klub shifokori ularni jamoadan ajratib, darhol izolyatsiya qilgan. Ertasiga — 14 iyul kuni futbolchilar (ya’ni yaqoridagi 2 tasi, qolganlar bugun test topshirgan) COVID-19 uchun test topshirgan. 17 iyul sanasida mazkur futbolchilarning virus yuqtirib olgani tasdiqlangan. Shuning uchun biz muxlislarga to‘liqroq va batafsil ma’lumot berishga qaror qildik. Tushunmovchilik bo‘lmasligi uchun.

Xabaringiz bor, “Surxon” klubi 12 iyul kuni Coca Cola Superliganing 9-turi doirasida Andijonda mehmon bo‘lgandi. Husniddin G‘ofurov uchrashuvning 76-daqiqasida zaxiradan maydonga tushirilgan.

Endilikda “Surxon” va “Andijon” klubi futbolchilari COVID-19 uchun test topshirishlariga to‘g‘ri keladi. Mazkur jamoalarning navbatdagi o‘yinlari rejasi shundan kelib chiqib ma’lum qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!