"Surxon" klubiga yangi direktor tayinlandi

  • 01.06.2026 21:57
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Termizning "Surxon" klubi rahbariyatida oʻzgarish yuz berdi. Bu haqida klub rahbariyati Professional futbol ligasiga maʼlum qildi.

Xabarga koʻra, shu paytgacha klub direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan Akmal Husanov oʻz vazifasidan ozod etilgan. Uning oʻrniga Nurali Nurullaev direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Maʼlumot uchun, termizliklar ayni paytda Superliga turnir jadvalida 12 ochko jamgʻargan holda 12- oʻrinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!