"Surxon" nihoyat uddaladi

  • 17 sentabr, 2022, 21:21
  • 2
  • Futbol

Bugun O‘zbekiston Superligasi 19-turi doirasidagi "Surxon" - "Lokomotiv" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Qiziqarli va keskin kurashlar ostida kechgan bahsda termizliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, "Surxon" klubi o‘z tarixidagi ilk bor "Lokomotiv"ni mag‘lub etgan. Bunga qadar o‘tkazilgan 9 o‘yinning 5 tasida "temiryo‘lchilar" g‘alaba qozongan, 4 ta bahsda esa durang qayd etilgan edi.

Shuningdek, termizliklarning Superligada 7 o‘yindan buyon davom etib kelayotgan g‘alabasiz seriyasi ham bugun poyoniga etdi. Bundan oldingi g‘alaba 18 iyun sanasida "Dinamo" ustidan qozonilgan edi.

"Loko" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng "Surxon" hisobidagi ochkolar soni 16 taga etdi va ular ayni payt turnir jadvalida  13-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Хужакулов Хуршидбек
17/09/2022 23:36
Яна хакамлар
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
17/09/2022 21:59
Surhon uchun hursandman. lekin. Aziz Asimov deganlari. odam bulmasa kerak. chunki tan berdim. 1 yilga kamiga. ochiqchasiga. 5 tal uyinni legiropkasi oladi. unga hech kim chora ham kurmaydi.