"Surxon" oyning eng yaxshi futbolchisiga kitob sovg‘a qildi
"Surxon" muxlislarning ovoziga ko‘ra, jamoaning oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb Behruz Karimov topildi.
Klub ushbu o‘yinchiga sovg‘a sifatida Odil Ahmedovning avtobiografiyasi hisoblangan "Orzuning Shonli Yo‘li" nomli kitobni berdi.
Ovozlarga ko‘ra oyning eng yaxshi 5 o‘yinchisi:
5. Nodirxon Ne’matxonov
4. Dilshod Yo‘ldoshev
3. Behzod Shamsiev
2. Rustam Turdimurodov
1. Behruz Karimov



Fikrlar