"Surxon" tarkibiga yana ikki futbolchi kelib qo‘shildi

  • 12.01.2021 21:50
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

Coca Cola Superligasini 12-o‘rinda yakunlagan "Surxon" jamoasi yangi mavsum uchun tayyorgarlikni boshlab yubordi.

"Surxon" jamoasi tayyorgarlikni davom ettiradi. Bugungi mashg‘ulotlarda Sadulloev va Nortojiev kelib qo‘shildi. O‘tgan mavsumni "Buxoro" jamoasida o‘tkazgan Behruz Sadulloev jamoamiz mashg‘ulotlariga kelib qo‘shildi. Shuningdek, "Lokomotiv"ning yosh darvozaboni Rustam Nortojiev ham mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda. Ertangi mashg‘ulotlarda, Siroj Melievning kelib qo‘shilishi kutilmoqda", deya xabar qoldirdi jamoa matbuot xizmati.

Avvalroq, Timur Usmonov vohaliklar mashg‘ulotlarida ishtirok etayotganligi haqida xabar bergan edik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!