"Surxon" tojikistonlik legioner bilan kelishuvga erishish arafasida
Toshkentda yig‘in boshlagan “Surxon” jamoasida kutilganidek sezilarli o‘zgarishlar boshlandi.
Yaqinda saytimiz orqali xabar berib o‘tganimizdek, ispaniyalik Xordi Fabregat Valmanya klub bosh murabbiyiga aylandi. Mazkur mutaxassis yangi jamoasi bilan yig‘inga kirishdi.
Tarkibda o‘zgarishlar katta. Ispaniyalik legionerlar borasida ma’lumotlar berdik. Shuningdek, tojikistonlik futbolchi Zoir Jo‘raboev ham “Surxon” klubidan taklif oldi. 24 yoshli himoyachi bungacha “Istiqlol” klubida to‘p surgan.
Darvoqe, 2018 yili Jo‘raboev Bekobodning “Metallurg” jamoasi sharafini ham himoya qilgan. Agar tomonlar kelishuvga erishsa, Tojikiston terma jamoasi himoyachisi yangi mavsumni “Surxon” tarkibida o‘tkazadi.

Fikrlar