“Surxon” va “Qo‘qon-1912” o‘zaro o‘yinlarda faqatgina bir marta durang qayd etilgan. O‘sha uchrashuv Termizda o‘tkazilgan

  • 24 may, 2019, 13:27
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 10-tur doirasidan o‘rin olgan “Surxon” - “Qo‘qon-1912” uchrashuvi 25 may kuni Termiz shahrida bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs oldidan "Qo‘qon-1912" klubi matbuot xizmati ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlarni taqdim etdi.

Tecno

O‘zaro o‘yinlar

Bu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 16 marta to‘qnash kelishgan. “Surxon” o‘yinlarning 8 tasida zafar quchgan, 7 ta bahsda «Qo‘qon-1912» qo‘li baland kelgan. Bitta uchrashuvda durang natija qayd etilgan.

To‘plar farqi – 29-26, “Surxon” foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda “Surxon” 25 ochkoni qo‘lga kiritgan. “Qo‘qon-1912” ochkosi 22 tani tashkil etadi.

Jamoalarning o‘zaro o‘tkazgan barcha uchrashuvlari:

27.10.2003 Qo‘qon 1912 - Surxon - 4:1

23.03.2003 Surxon - Qo‘qon 1912 - 2:1

11.08.2002 Surxon - Qo‘qon 1912 - 3:1

22.06.2002 Qo‘qon 1912 - Surxon - 3:1

27.09.2000 Temiryo‘lchi - Surxon - 2:3

22.04.2000 Surxon - Temiryo‘lchi - 1:0

21.08.1999 Temiryo‘lchi – Surxon - 0:5

01.06.1999 Surxon - Temiryo‘lchi - 2:3

19.08.1998 Temiryo‘lchi – Surxon - 3:2

13.06.1998 Surxon – Temiryo‘lchi - 0:2

05.08.1995 ASK – Temiryo‘lchi - 3:1

25.06.1995 Temiryo‘lchi – ASK - 0:2

06.11.1994 ASK – Temiryo‘lchi - 3:1

24.04.1994 Temiryo‘lchi – ASK - 2:0

03.10.1992 Surxon - Temiryo‘lchi - 1:1

07.05.1992 Temiryo‘lchi - Surxon - 2:0

Fakt: Ushbu jamoalarning 1992 yili Termizda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida durang natija qayd etilgan.

Boshlanish vaqtlari

“Surxon” - "Qo‘qon-1912" uchrashuvi, shanba kuni Termiz shahridagi “Surxon sport majmuasi” o‘yingohida soat 17:45da start oladi. Bugun esa ushbu jamoalarning o‘rinbosarlari U-21 birinchiligi 10-turida maydonga tushishadi. Mazkur o‘yin "Alpomish" stadionida soat 17:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!