"Surxon"ning "Qaysar"ga qarshi o‘yinida kuchlar teng keldi

  • 23 yanvar, 2024, 20:13
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiyaning Antaliya shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib borayotgan Termizning “Surxon” jamoasi bugun Qozog‘istonning “Qaysar” klubiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Qiziqarli kechgan bellashuvda kuchlar teng keldi – 1:1.

Avvaliga “Qaysar” legioneri Paevich 37-daqiqada hisobni ochdi. Bo‘lim yakunida, 45-daqiqa o‘tib borayotganida Kamron Saydazimov muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo‘limda esa boshqa gol urilmadi.

“Surxon”ning asosiy tarkibi: Dilshod Yo‘ldoshev, Aziz Pirmuhammedov, Abduqodir Amirqulov, Shoxjahon Sultonmurodov, Doston Tursunov, Bobur Asqarov, Sarvar Abduhamidov, Kamron Saydazimov, Asadbek Karimov, Anvarjon Anvarjonov, Muhammadali Abdurahmonov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!