
Svitolina "jangsiz" uchinchi davraga yo‘l oldi
Parijda davom etayotgan tennis bo‘yicha Frantsiya ochiq chempionatining ayollar o‘rtasidagi bugungi bahslari kutilmagan voqea bilan boshlandi. Gap shundaki, kun dasturining birinchi uchrashuvi sifatida belgilangan ikki ukrainalik tennischilar Elina Svitloni va Katerina Kozlova o‘rtasidagi bahs o‘tkazilmadi.
Aniqroq qilib aytganda, Kozlova kortga chiqmadi va Svitolina hech qanday kuch sarflamasdan uchinchi davraga yo‘l oldi. Ukrainalik tennischining keyingi davradagi raqibasi ispaniyalik Garbin Mugurusa bo‘ladi. Mugurusa bugun o‘tkazilgan bahsda vetsiyalik Yoxanna Larssonni 6:4, 6:1 hisoblarida taslim etdi.
Fikrlar