Taekvondochilarimiz Malayziyada 20ta medalni qo‘lga kiritdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Malayziyaning Shax-alam shahrida o‘tkazilgan taekvondo (ITF) bo‘yicha I Osiyo – Tinch okeani chempionatida terma jamoamiz a’zolari 20 medalni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matubot xizmatidan xabar berishlaricha dunyoning 14 davlatidan kelgan 2000 nafarga yaqin sportchi ishtirok etgan ushbu musobaqada mamlakatimiz sharafini 14 nafar sportchi himoya qildi.

Chempionatda shohsupaga ko‘tarilgan sportchilarimiz bilan tanishing:

1. Alloberdieva Nilufar 14 yosh, (40 kg) sparring 1-o‘rin, tul 1-o‘rin

2. Oktyabrov Shahobiddin 14 yosh , (45 kg) sparring 2-o‘rin

3. Shaniyazov Behruz 14 yosh , (40 kg) sparring 1-o‘rin

4. Erkaev Nurbek 15 yosh , (48 kg) sparring 1-o‘rin

5. Xokimov Hojiakbar 10 yosh , (30 kg) sparring 1-o‘rin, tul 2-o‘rin

6. Jumanazarov Abrorbek 10 yosh, (36 kg) sparring 1-o‘rin, tul 2-o‘rin

7. Omonov Umidjon 15 yosh, (57 kg) sparring 1-o‘rin

8. Nosirova Xurshida 11 yosh, (40 kg) sparring 1-o‘rin, tul 1-o‘rin

9. Mustafoev Muhammad 8 yosh, (20 kg) sparring 1-o‘rin, tul 3-o‘rin

10. Raufov Timur 8 yosh, (25 kg) sparring 1-o‘rin

11. Hamidullaeva Omina 7 yosh, (20 kg) sparring 1-o‘rin

12. Hamidullaeva Abdurazzoq 15 yosh, (45 kg) sparring 1-o‘rin

13. Hamidullaev Abdujabbor 14 yosh, (40 kg) sparring 1-o‘rin

14. Murodullaev Sherzodjon 17 yosh, sparring 2-o‘rin, tul 3-o‘rin

Bundan tashqari, musobaqadagi xalqaro toifadagi hakamlar tarkibidan hamyurtlarimiz Ubayt Mukarramov, Javlon Askarov va Zuxra Ergasheva o‘rin oldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!