
Taekvondochilarimiz “World Diamond Games” musobaqasida oltin medalga ega bo‘ldi
Koreya Respublikasining Muju shahrida taekvondo WT bo‘yicha “World Taekwondo Diamond Games” musobaqasi boshlandi. Bugun O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga oltin medal yozildi.
Mazkur musobaqada noodatiy vazn toifalari belgilangan bo‘lib, hamyurtlarimiz Ozoda Sobirjonova hamda Madina Shoniyozova juftlikda -110 kg (ikki sportchining vazni) vazn toifasidagi bellashuvlarda ishtirok etishdi. Yurtdoshlarimiz yarim finalda Singapur, finalda esa mezbon Koreya Respublikasi vakillarini 2:0 hisoblarida mag‘lubiyatga uchratishdi.
Terma jamoamiz a’zolari ertaga o‘z chiqishlarini davom ettirishadi. Unda taekvondochilarimiz mikst dasturida medallar uchun bahs olib borishadi.
Bu haqda MOQ xabar bermoqda.
Fikrlar