
Taekvondon WT. "Fujairah Open-2023"da o‘smirlarimiz va kadetlarimiz 20 ta medalga sazovor bo‘ldi
BAAda an’anaviy "Fujairah Open-2023" musobaqasi yakuniga etdi. Dastlabki kunda O‘zbekiston taekvondo terma jamoasi a’zolari kattalar toifasida 6ta oltin, 2ta kumush va 1ta bronza jami 9ta medalini qo‘lga kiritganidan xabaringiz bor.
O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, musobaqaning ikkinchi va uchinchi kunlari dayanga o‘smirlar hamda kadetlar chiqdi. Quvonarlisi o‘zbekistonlik yosh taekvondochilar yurtimizga jami 20ta medal bilan qaytadigan bo‘ldi.
O‘smirlar
Oltin - Javlon Berdibekov, Hojiakbar Abdurasulov va Nursulton Hakimov
Kumush - Behruz Salimov, Miraslava Omelchenko, Sevinch Hayitova, Gulshanoy Ismoilova va Amirxon Hakimov
Bronza - Xudoynazar Shodmonov, Kamronbek Mansurov, Madina Shoniyozova va Laylo Hasanova
Kadetlar
Oltin - Azizbek Sattorov va Ozodbek Risbekov, Odina Jo‘raboeva
Kumush - Alibek Halimov
Bronza - Marvarid Omanjonova, Nurmuhammad Shamsiddinov, Yosinbek Odilov va Islom Muhammadjonov
Fikrlar