
Tailand - Eron uchrashuvida kutilgan natija. 3-o‘rin uchun bahsda qaysi terma bilan o‘ynashimiz aniq bo‘ldi
Futzal bo‘yicha Quvaytda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo Kubogi yarim finalidan o‘rin olgan Tailand - Eron bahsi yakuniga etdi. Unda nominal mehmonlar yirik 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa, Eron finalda Yaponiya terma jamoasiga qarshi parketga chiqadi. 3-o‘rin uchun bahs esa O‘zbekiston hamda Tailand termalari o‘rtasida kechadi.
Fikrlar