"Takliflar yo‘q emas, qachonki, shartnomani uzaytirmasak keyingina boshqalar bilan gaplashaman" - "Nasaf" etakchisi!

  • 7 dekabr, 2022, 18:58
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

“Nasaf” klubining bu yil qayd etgan natijalaridan endi xabardorsiz. Jamoa o‘zi uchun orzu hisoblangan chempionlikka juda yaqin kelgandi.

Tecno

Barchasi o‘z qo‘lida turgandi. Biroq oxiriga kelganda “Ajdarlar” “qovun” tushirib qo‘ydi. Oqibatda 3-o‘ringa tushib ketdi.

Shunday bo‘lsa-da, “Nasaf” mamlakat Kubogini qo‘lga kiritdi va yana o‘z hisobiga bitta bronzoni ham qo‘shib qo‘ydi. Jamoa sardori Umar Eshmurodov chempionat taassurotlari bo‘yicha Sports.uz jurnalistining savollariga javob qaytardi.

- “Nasaf” bu yil bronzani qo‘lga kiritdi, Kubok sohibiga aylandi va OChLda guruhdan chiqdi. Ayting-chi, jamoa sardori sifatida ushbu mavsum ko‘proq nimasi yodda qolarli bo‘ldi va qanday taasssurot qoldirdi?

- Mavsumni biz uchun yaxshi o‘tdi, deb hisoblaymiz. To‘g‘ri, oldimizga qo‘yilgan maqsadimizga to‘liq erisha olganimiz yo‘q. Lekin O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldik. Osiyo Chempionlar ligasidagi ishtirokimizni ham davom ettirayotganimiz quvonarli. Shaxsan men uchun joriy mavsumda birinchi marta OChLning guruh bosqichidan muvaffaqiyatli chiqa olganimiz bilan yodda qoldi.

umar2_3

- Shuningdek, “Nasaf”da chempionlik uchun ham juda yaxshi imkoniyat bor edi va barchasi klubning o‘z qo‘lida turgandi. Biroq oxirgi ikkita bahsda alamli mag‘lubiyatga uchradi. Ochig‘i, bunday imkoniyat qo‘ldan boy berilishini ko‘pchilik kutmagandi. O‘zi, nima bo‘lgandi?

- Albatta, biz chempionlikni hammadan ham ko‘ra ko‘proq xohlagandik. O‘ylashimcha, o‘z maydonimizda “Neftchi”ga qarshi uchrashuvda juda shoshib o‘ynadik. Bizga faqat g‘alaba zarur edi. Shuning uchun asosan hujum qilishni va gol urishni o‘yladik. Afsuski, natijada oxiriga borib jazolandik. Oxirgi turga kelib deyarli barchasi hal bo‘lib qolgandi. “Paxtakor” bu imkoniyatni qo‘ldan chiqarmasligini bilardim. Garchi “Olimpik” bilan uchrashuvda yigitlar bilan harakat qilgan bo‘lsak-da, unchalik ishtiyoq ko‘rmadim.  

-  Siz uchun chempionatdagi eng og‘ir uchrashuv qaysi bo‘ldi?

- Birortasini ajratmayman. Mavsumdagi hamma uchrashuv biz uchun qiyin o‘tdi.

umar_3

- Yangi mavsum uchun rejangiz qanday? Shartnomangiz tugayapti-a? Jamoadagi faoliyatingizni davom ettirasizmi?

- Kelasi yili oldimizdagi vazifalar yanada jiddiy. Ikki marta Osiyo Chempionlar ligasida o‘ynaymiz. Chempionat va Kubok bahslari ham bor. Rejalarimiz o‘sha-o‘sha. Barcha musobaqalarda oxirigacha kurashamiz.

-  Eshitishimcha, sizga yana takliflar bo‘layotgan ekan. Bu qanchalik rost?

- Albatta, takliflar bor, yo‘q emas, Xudoga shukr. Qachonki, “Nasaf” bilan shartnomamni uzaytirmasak keyingina boshqalar bilan gaplashishni boshlayman. Bu katta ehtimol bilan yanvar oyida hal bo‘ladi. 

- Bu yil “Navbahor” futbolchisi Jamshid Iskanderov O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu nominatsiyada jamoadoshingiz Xusniddin Aliqulov ham bor edi. Eng munosibi sovrinni oldi, deb o‘ylaysizmi?

- Bunga unchalik e’tibor berganim yo‘q. Kimga sovrin berishgan bo‘lsa, demak, o‘sha futbolchi haqli. Nominatsiyadagi barcha o‘yinchilar yaxshi saviyali.

umar1_4

- Shuningdek, “Nasaf”ni bir qator futbolchilariga “Paxtakor”dan taklif bo‘layotgani haqida eshityapmiz. Ularni poytaxtga ketishi o‘shalar uchun oldinga tashlangan qadam bo‘ladimi? Masalan, siz ham u erga borib qaytib kelgandingiz. Bu borada munosabatingiz?

- Kim qaerda futbol o‘ynashini va qaerda yashashini o‘zlari hal qilishadi. Pasayish bo‘ladimi yoki ko‘tarilishmi, bu o‘sha o‘yinchining o‘ziga bog‘liq. Qaerga bormasin, borgan joyida ham o‘z ustida tinmay ishlasa, hammasi yaxshi bo‘ladi.

Shuhratbek Jo‘raev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
А689 НМ
08/12/2022 20:46
Галаба килса тенги йук ,ухшаши йук ,чемпион.Уз кулидаги чемпионлик бошкаларни иштирокисиз узи кулдан берганини хамма курди ,эмиш хакамлар айбдор койил-э мухлис деган маглубиятни тан олишни хам билиши керак
Javli Ruzimuradov
08/12/2022 15:17
Шухратбек шунт билингки Насаф кову́н туширмади,хакамлар нолойик ишлашди насафга карши
&
Socceruzb
07/12/2022 22:49
Жавобларни ҳаммаси Менга барибир қабилида бўпти