Taniqli yulduzning yuragi operatsiya qilinadi
«Napoli» markaziy yarim himoyachisi va Shotlandiya terma jamoasi a’zosi Skott Maktominey yaqin kunlarda yurak bilan bog‘liq muammolar sababli jarrohlik amaliyotini boshdan kechiradi.
20 yoshli futbolchida engil darajadagi aritmiya aniqlangan. Klub rasmiy saytida qayd etilishicha, shifokorlar bu muammoni radiochastotli ablyatsiya usuli orqali amalga oshiriladigan operatsiya yordamida bartaraf etishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Maktominey terma jamoalar o‘yinlari uchun tanaffus yakunlangach, ya’ni 6 oktabrdan so‘ng jamoa ixtiyoriga qaytishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Seriya A doirasida shotlandiyalik yarim himoyachi 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar