Taran "Bunyodkor"ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi
G‘uzorlik futbol ishqibozlarining yoqimtoyi “oq bo‘rilar”ning sardori Igor Taran bugungi “Bunyodkor”ga qarshi bahsda ham jiddiy jarohati borligi tufayli o‘tkazib yuboradi. Biroz avval, bizga qo‘ng‘iroq qilib “Bunyodkor” ga qarshi bahsda jamoadoshlariga saytimiz orqali yaxshi tilaklarini etkazib qo‘yishimizni so‘radi.
“Bugungi shiddatli bahsda jamoadoshlarimga yordam beraolmayotganimdan afsusdaman. Jamoamizda kuchli futbolchilar jamlagan.
O‘ylaymanki, ashshadiy muxlislarimiz oldida zafarli yurishlarimizni davom ettirib, G‘uzor halqiga bayram kayfiyati tufha etishadi. Nasib bo‘lsa, maydonda yigitlar bir-jonu, bir tan bo‘lib muxlislar istaganidek albatta jamoamiz g‘alaba qozonadi. Barcha voha futbol muxlislarini jamoamizni qullab-quvvatlashini istayman. Yigitlarga kuch-g‘ayrat va omad tilayman.-deydi Igor Taran.
Eslatib o‘tamiz, 7-tur doirasida o‘rin olgan “Navbahor”-“Sho‘rtan” jamoalari o‘rtasidagi keskin kurashlarga boy bahsda g‘uzorlik futbolchilar kichik 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchragan edi. “Oq bo‘rilar” safida o‘zining yorqin o‘yinlarni boshidan o‘tkazayotgan jamoa to‘purari va sardor sifatida maydonga olib chiqayotgan iqtidorli hujumchi Igor Taran jarohat olgandi.
Faxriddin Choriev.



Fikrlar