
Tarixi yaqinda boshlangan "Andijon" - "Turon" qarama-qarshiligi haqida
27 may kuni Superliga doirasida “Andijon” jamoasi Yaypanning “Turon” klubiga qarshi maydonga tushadi. Endilikda barcha e’tibor mazkur uchrashuvga qaratilgan. Bu bahs vodiy derbisi bo‘lgani uchun ham unga bo‘lgan qiziqish juda yuqori.
O‘tgan yili ikkala jamoa pro ligada ishtirok etganini bilasiz. 2022 yilgi pro liga mavsumida bu jamoalar 4 marta to‘qnash kelishgan. Shularning 2 tasida jamoamizning qo‘li baland kelgan. Yana 1 tadan durang va mag‘lubiyat ham qayd etilgandi.
Qolaversa, o‘tgan yili jamoalar O‘zbekiston Kubogining 1\8 finalida ham to‘qnash kelishgan. "Bobur Arena"da bo‘lib o‘tgan uchrashuvda andijonliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozongan.
“Andijon” va “Turon” klublari Superligada ilk bor ikki yil avval – 2021 yilda to‘qnashishgan. Andijondagi bahsda tomonlar 1:1 hisobida durang qayd etishgan. “Turon”dagi bahsda esa maydon egalari 1:0 hisobida ustun kelgan. Ko‘rib turganingizdek, Superligadagi o‘yinlar tarixi yaqindagina boshlandi va navbatdagisi elitadagi o‘zaro 3-to‘qnashuvga aylanadi.
“Andijon” matbuot xizmati.
Fikrlar