
Tarixiy natija qayd etgan taekvondochilarimiz tantanali kutib olindi
Bugun Toshkent xalqaro aeroportida 1-6 oktyabr kunlari Koreya Respublikasining Chuncheon shahrida taekvondo WT bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi tantanali kutib olindi.
Tadbirda ishtirok etgan assosiatsiya rahbariyati tarixiy natija qayd etgan yosh sportchilarimizni va murabbiylarimizni muborakbod etdi. Qayd etish lozimki, dunyoning yuzdan ortiq davlatidan 1000 nafardan ziyod sportchi ishtirok etgan jahon chempionatida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, 1 ta oltin va 1 ta bronza medaliga ega chiqdi. Dilmurodjon Ma’rufjonov barcha raqiblaridan ustun kelgan holda oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Behruz Salimov bronza medaliga ega chiqdi.
Yigitlarimiz umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egallagani ham ahamiyatga ega.
Fikrlar