Tarixiy oltin medal: Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliev jahon chempioni!
Niderlandiyaning Amsterdam shahriда akademik eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Bugun O‘zbekiston terma jamoasi musobaqadagi tarixiy medaliga sazovor bo‘ldi.
Yengil vaznli sportchilar o‘rtasidagi juftlik dasturida (LM2x) Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliev dueti oltin medal sohibiga aylandi. Bu o‘zbekistоnlik akademik eshkak eshuvchilarning kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida qo‘lga kiritgan dastlabki oltin medali sifatida tarixda qoladi.

Musobaqada kumush medal Germaniya, bronza medali esa AQSh sportchilariga nasib etdi. Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar