Tarixiy rekord: “Liverpul”da hali bunaqa zo‘r ustoz bo‘lmagan!

  • 26.08.2024 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Liverpul” futbolchilari Angliya Premer-ligasining ikkinchi turida Luis Dias va Muhammad Salohning gollari evaziga “Brentford”dan 2:0 hisobida ustun keldi.

Bu g‘alaba jamoa bosh murabbiyi Arne Slot nomini tarixga muhladi.

Opta Sport portalining ma’lumot berishicha, Arne Slott Angliya Premer-ligasida tarixida bosh murabbiy sifatida dastlabki ikki uchrashuvda g‘alaba qozongan birinchi mutaxassis bo‘ldi.

Bungacha hech bir murabbiy Angliya chempionatini ketma-ket ikkita g‘alaba bilan boshlay olmagan ekan.

Avvalroq, niderlandiyalik mutaxassis boshqa rekordni qayd etgandi. Birinchi turda “Liverpul” safar bahsida “Ipsvich”ni mag‘lub etib kelganidan keyin Arne Slot XXI asrda debyut uchrashuvida zafar quchgan “qizillar”ning birinchi murabbiyi bo‘ldi.

45 yoshli Arne Slot “Feyenoord”ni uch yil boshqarganidan keyin bu yil yozda Yurgen Klopp o‘rnini egalladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!