"Tashkent chess" Toshkent shahar hokimi kubogi taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

  • 22 dekabr, 2024, 23:07
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Poytaxtimizda mukofot jamg‘armasi 300 million so‘mni tashkil etgan "Tashkent chess" turniri bo‘lib o‘tdi. Bugun "Renessans" kino uyida turnir g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Tadbirda Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov so‘zga chiqib, bunday musobaqalar shaxmat sportini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab, barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirdi.

Musobaqada 15 ta davlatdan 400 nafarga yaqin shaxmatchilar ishtirok etdi. 9 tur natijalariga ko‘ra, hindistonlik Adhiban Bashkaran 7.5 ochko  bilan chempionlikni qo‘lga kiritdi va 100 million so‘mga ham ega chiqdi. Ikkinchi o‘rin 7 ochko jamg‘argan Timur Gareevga nasib etgan bo‘lsa, uchinchi pog‘onani qozog‘istonlik Azamat Utegaliev band etdi.

Quyida taqdirlash marosimidan fotogalereyani tomosha qiling:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!