
Tayson Braziliya klubi bilan shartnoma imzoladi
“Shaxtyor”ni mojarolar tufayli tark etgan hujumkor yarim himoyachi Tayson faoliyatini vatanida davom ettiradigan bo‘ldi.
33 yoshli braziliyalik futbolchi “Internasonal” klubi bilan shartnoma imzoladi. Klub rasmiy saytining xabar berishicha, tomonlar 2 yillik bitimga imzo chekkan.
Tayson 2013 yildan buyon “Shaxtyor” sharafini himoya qilib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida donetskliklar safida jami 299 ta o‘yin o‘tkazdi va o‘z hisobiga 55 ta gol hamda 78 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Tayson “Shaxtyor” safida 6 marta Ukraina chempionatida zafar quchdi. Bundan tashqari, 5 karra mamlakat kubogi va 4 karra mamlakat superkubogi sohibi bo‘ldi.
Fikrlar