Tayson Fyuri navbatdagi raqib bilan muzokara olib bormoqda

  • 13.10.2020 14:45
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Professional boksning super og‘ir vazn toifasida WBC chempioni Tayson Fyuri (30-0-1,21 KO) navbatdagi jangini o‘tkazadi. U 5 dekabr kuni Buyuk Britaniyada ringga ko‘tarilmoqchi. Shuning uchun u  kurd millatiga mansub germaniyalik Agit Kabael bilan muzokaraga kirishgan. Agar, ushbu muzokara ijobiy yakunlansa, “Lo‘lilar qiroli” nomi bilan mashhur Fyuri mag‘lubiyatsiz odimlayotgan Germaniya vakiliga qarshi ringga ko‘tariladi.

Agit faoliyati mobaynida 20 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. Raqiblarini 13 marotaba nokautga uchratgan. U asosan Germaniyada jang o‘tkazgan. Shuningdek, Polsha, Serbiya va Turkiyada tashkil etilgan boks kechalarida ham ringga ko‘tarilganini aytib o‘tish mumkin. Ushbu jang amalga oshadigan bo‘lsa, Kabael faoliyatidagi eng jiddiy raqibga duch keladi. Qolaversa, ilk bora professional boks o‘choqlaridan biri bo‘lgan Buyuk Britaniyada jang qilishiga to‘g‘ri keladi.

  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!