Tayson Fyuri: "Usik bilan jangimdan bir kun oldin farzandimdan ayrilgandim"

  • 24 oktabr, 2024, 15:05
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Britaniyalik bokschi Tayson Fyuri ukrainalik Aleksandr Usikka qarshi jangdan bir kun oldin oilasida yuz bergan fojia haqida gapirib o‘tdi.

Tecno

"Ayolim 6 oylik homilador edi. Afsuski, farzandimiz bu dunyoni ko‘rmasdanoq o‘lib bo‘lgandi. Endi ayolim allaqachon vafot etgan chaqaloqni dunyoga keltirishi qolgandi, xolos. Aynan shu holat men Usik bilan jang qilish uchun Saudiyaga ketganimda sodir bo‘ldi. Xotinim bir kun oldin menga telefon qilib, arenaga kela olmasligini xabar berdi. Undan nima bo‘lganini so‘rab o‘tirmadim, chunki barchasini sezib turardim", - dedi Fyuri.

Eslatib o‘tamiz, 18 may kuni o‘tkazilgan Tayson Fyuri va Aleksandr Usik jangida ukrainalik bokschi ochkolar bo‘yicha g‘alab qozongandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!