Tchuameniga APL grandlari qiziqmoqda, ammo "Real" uni qo‘yib yubormoqchi emas
Frantsiya terma jamoasi va "Real" yarim himoyachisi Orelien Tchuameni faoliyatini Angliyada davom ettirish imkoniyatiga ega.
Manbaga ko‘ra, 26 yoshli tayanch yarim himoyachiga Angliya Premier-ligasining ikki top klubi — "Liverpul" va "Manchester Yunayted" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Har ikki jamoa futbolchiga yillik 12 million yevro maosh taklif qilishga tayyor.
Biroq "Real" o‘zining asosiy futbolchilaridan biri bo‘lgan Tchuameni bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti. Futbolchining o‘zi ham Madridni tark etishni istamayapti.
Joriy mavsumda fransiyalik yarim himoyachi "qaymoqranglilar" safida 41 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar