TDIUda kriket bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazildi

BEPUL PROPAN

Joriy yilning 13 yanvar kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida kriket  bo‘yicha o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil etildi. 

O‘zbekiston kriket federatsiyasi Bangladeshning Toshkentdagi elchixonasi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan  mazkur sport tadbiri Bangladesh davlatida o‘tayotgan "Yoshlar festivali-2025" munosabati bilan  Bangladesh elchixonasi taklifiga asosan o‘tkazildi. 

Ushbu sport tadbiriga Bangladeshning Toshkentdagi elchisi Muhammad Monirul Islom tashrif buyurdi va dastlab, universitet rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor To‘lqin Teshaboev hamda O‘zbekiston kriket federatsiyasi raisi Aziz Mixliev bilan iqtisodiyot, axborot texnologiyalari, turizm va sport kabi sohalar bo‘yicha hamkorlikka oid davra suhabati tashkil etildi. Shundang so‘ng universitet sport majmuasida kriket bo‘yicha bellashuvlarga start berildi.

Toshkentning "ANFA" kriket klubi jamoasi,  TDIUning talabalaridan tashkil topgan kriketchilar jamoasi  Bangladesh elchixonasi jamoasi o‘rtasidagi o‘zaro bellashuvlarda faxrli birinchi o‘rinni mezbonlar jamoasi qo‘lga kiritdi. E’tiborlisi, Bangladesh elchisi Muhammad Manirul Islom ham  Bangladesh elchixonasi jamoasi a’zosi sifatida o‘yinlarda ishtirok etdi. G‘olib va sovrindorlar kubok va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlanishdi. 
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!