Tebas Xabi Alonsoning "Real"ga qaytishi haqida: "Bu yaxshi qaror, men xursandman"

  • 15 may, 17:25
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liga prezidenti Xaver Tebas Xabi Alonsoning "Real Madrid" bosh murabbiyligiga tayinlanishi mumkinligi borasida o‘z fikrlarini bildirdi.

— "Real" buni o‘zi uchun eng to‘g‘ri qaror deb hisoblamoqda va men Xabi Alonso uchun xursandman. U ispan futboliga, o‘zining sevimli jamoasiga qaytayapti. Menimcha, bu yaxshi qaror.

Menga yoqadi: chempionatimizga hozirda Evropada va dunyoda eng zo‘rlardan biri sanaladigan futbolchilar va murabbiylar kelishi. Xabi Alonso — aynan shunday shaxs. "Bayer" bilan "Bavariya"ga raqobatda chempionlikni qo‘lga kiritish — oson ish emas, – deya gapirib o‘tdi La Liga prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, "qirollik klubi"ni boshqarib kelayotgan Karlo Anchelotti yozda jamoani tark etib, Braziliyani boshqarish ehtimoli yuqori. Uning o‘rniga esa "qaymoqranglilar"ni Xabi Alonso boshqarishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!