
Temmi Abraxam jarohati jiddiy emasligidan umid qilmoqda
Londonning "Chelsi" klubi hujumchisi Temmi Abraham Chempionlar ligasi "Valensiya"ga qarshi o‘yinda olgan jarohati jiddiy bo‘lmasligiga umid qilmoqda.
Forvard birinchi taymning so‘nggida maydonga noqulay tarzda yiqilganidan so‘ng, og‘riq sababli bahsni yakunlashiga to‘g‘ri kelgan edi.
"Hozir o‘zimni ancha yaxshi his qilmoqdaman. Ammo o‘sha vaqtda jarohatim jiddiy bo‘lishi mumkinligidan havotir olgan edim.
Tizzamda, sonimga yaqin joyda og‘riq sezdim. Biroq, barchasi o‘tib ketdi va ayni vaqtda bemalol harakat qila olyapman.
Yaqin vaqtlar ichida meni rentgen qilishadi, shundan so‘ng barchasi oydinlashadi. Umid qilamanki, tiklanishim uzoq vaqt talab qilmaydi," - deydi Abraxam.
Fikrlar