Temmi Abraxamga APLning ikki klubi qiziqish bildirmoqda

  • 20 noyabr, 2022, 23:17
  • 0
  • Futbol

Rimning “Roma” klubi safida to‘p tepayotgan ingliz hujumchisi Temmi Abraxam Tumanli Albionga qaytishi mumkin. Bu haqda "Corriere dello Sport" nashri xabar berdi.

Hujumchining xizmatlariga Premer-liganing ikki vakili - Londonning "Tottenxem" va Birmingemning "Aston Villa" klublari qiziqish bildirmoqda.

25 yoshli futbolchining Rim klubi bilan shartnomasi 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi. Uning transfer narxi 45 million evro.

Abraxam joriy mavsum A Seriyada 15 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!