Ten Xag "Bavariya"da ishlashga tayyor

  • 6 may, 2024, 02:38
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" jamoani tark etadigan Tomas Tuxelning o‘rniga Ralf Rangnikni olib kelishga yaqin turgandi. Tomonlar xatto muzokaralarning so‘nggi bosqichida edi, lekin so‘nngi daqiqalarda murabbiy o‘z fikrini o‘zgartirdi. Eni rahbariyat boshqa variantlarni ko‘rib chiqmoqda. 

"Sky Sports" jurnalisti Florian Plettenbergning so‘zlariga ko‘ra, myunxenliklar "Manchester Yunayted" ustozi Erik ten Xagning agentlari bilan muzokaralar olib borgan. Niderlandiyalik mutaxassis hozir bor e’tiborini "qizil iblis"larga qaratgan, lekin iste’foga chiqariladigan bo‘lsa, Germaniya klubini qabul qilib olishga tayyor. 

"Bavariya" ko‘rib chiqayotgan yana bir nom bu Xulen Lopetegi. Ispaniyalik murabbiy bu yozda ishga qaytishni rejalashtirgan. Unga "Vest Xem" ham qiziqish bildirmoqda. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!