
Ten Xag eng zo‘r darvozabon transferini barbod qilganini ma’lum bo‘ldi
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoani tark etgan Devid de Xeaga o‘rinbosar tanlashda qaysarlik qilgani oshkor bo‘ldi.
O‘tgan klub rahbariyati Argentina terma jamoasining jahon chempioni bo‘lishiga katta hissa qo‘shgan Emiliano Martinesni birinchi raqam egasi sifatida jamoaga olib kelmoqchi bo‘lgan. Martines ham “Aston Villa”ni tark etib, nufuzli klub taklifini qabul qilishga shay edi.
Biroq, Erik ten Xag bu transferga qarshi chiqdi. The Independent nashrining yozishicha, niderlandiyalik mutaxassis “Inter”dan Andre Onanani olib kelishni talab qildi.
27 yoshli kamerunlik darvozabon uchun manchesterliklar 47,2 million funt sarflashiga to‘g‘ri keldi.
Erik ten Xag bu darvozabon Angliya Premer-ligasiga moslashib olganidan keyin jamoaga katta foyda keltirishini ta’kidlayapti.
Fikrlar