
Ten Xag Germaniyaga qaytishi mumkin
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xagning mazkur yozda klubni tark etishi borasida mish-mishlar ko‘payib bormoqda. Yangi rahbariyat uning o‘rniga Angliya terma jamoasi ustozi Garet Sautgeytni tanlashi mumkin. Niderlandiyalikning iste’fosi klubning mavsumni qanday yakunlashiga ham bog‘liqdir.
"Bild" jurnalisti Kristian Falk xabar berishicha, Ten Xag yana "Bavariya"da ishlashni orzu qiladi. Hozircha tomonlar o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tayotgani yo‘q, lekin murabbiy "qizil iblislar"ni tark etsa, unga Germaniya klubi taklif bilan chiqish ehtimoli bor. Myunxenliklar yozda ketadigan Tomas Tuxel o‘rniga bir qancha variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Nomzodlar orasida favorit Xabi Alonsodir.
Ma’lumot uchun, Erik 2013 yildan 2015 yilgacha "Bavariya" yoshlar jamoasida ishlagan. Shundan keyin u Niderlandiyaga qaytgan va "Utrext" va "Ayaks" klublarini boshqargan. Ayni paytda "Manchester Yunayted"ga ustozlik qilayotgan mutaxassisning shartnomasi 2025 yilgacha amal qiladi.
Fikrlar