Ten Xag: "Jamoamning o‘yinidan rohatlandim"

  • 5 aprel, 2024, 03:24
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" Premer-liga doirasida bo‘lib o‘tgan "Chelsi"ga qarshi bahsda og‘riqli mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. O‘yindan keyin Erik ten Xag jurnalistlarning savollariga javob berdi. 

Tecno

"Biz uchrashuvni yomon boshladik. Ammo yaxshi o‘ynaganimiz, nazoratni o‘z qo‘limizga olganimizni ko‘rdinglar. G‘alabaga haqli edik. Zarbalar? Bu kulgili. Gol urilganidan keyin hamma bir-biriga aybdor sifatida qaramoqda, yaxshi himoya, yaxshi darvozabonimiz bor. Shunday ekan bu borada men hech narsa qila olmayman (manchesterliklar so‘nggi o‘yinlarda juda ko‘p zarba o‘tkazib yubormoqda. Savol aynan shu haqida edi). Menga eng ko‘p yoqmagan narsa individual xatolarni ko‘pligi, biroq ustunlik biz tomonda bo‘lganini sezdim. Neytral muxlislar uchun ajoyib bahs bo‘ldi. Jamoamning o‘yinidan zavq oldim", - dedi niderlandiyalik mutaxassis. 

"Manchester Yunayted" mazkur mag‘lubiyatdan keyin "Tottenxem"ga etib olish imkoniyatni kamaytirib yubordi. Klublar orasidagi farq 9 ochkoni tashkil qilmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!