Ten Xag: "Yigitlar umuman qoidalarga amal qilishmadi"

  • 31 iyul, 2023, 17:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag "Borussiya Dortmund"ga uchralgan mag‘lubiyat (2:3)dan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

Tecno

"Menimcha, AQSh turnesi yomon o‘tmadi. Ammo sen yaxshi natijalar bilan yakunlashni istaysan. Men atigi 60 daqiqadan qoniqish hosil qildim. 

Bugun ilk gol o‘tkazib yuborishimiz ayanchli himoyalanishimiz natijasida yuzaga keldi. Ikkinchisi esa bog‘lamlarda uzilish bo‘lgani bilan bog‘liq. 

Bu haqiqiy biz emas. Oxirgi yarim soatda biz o‘ta yomon o‘yin namoyish etdik. Yigitlar umuman qoidalarga amal qilishmadi. Pressing qilish, pozitsion futbol va hujum tashkil etishda ular butunlay boshqacha harakat qilishdi. 

Ular shunchaki 11 ta alohida futbolchilar. Futbol - jamoaviy sport, bu kabi to‘p tepish hech qachon foyda keltirmaydi!", - dedi mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!