Ten Xagning haydalishi Germaniya futbolida rekord bo‘ldi

  • 1 sentabr, 17:30
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Erik ten Xagning Leverkuzenning "Bayer" klubidan iste’foga chiqarilishi Germaniya chempionati tarixidagi mavsum boshlanganidan keyingi eng tezkor iste’fodir, deya xabar bermoqda Opta Sports nashri. Ten Xag leverkuzenliklarni shu yilning may oyida qabul qilib olgan, uning qo‘l ostida "Bayer" Bundesliganing dastlabki ikki o‘yinida g‘alaba qozona olmadi - "Hoffenhaym" (1:2) va "Verder"ga (3:3). Ten Xag bilan shartnoma 2027 yilgacha mo‘ljallangan edi.

Tecno

Ichki chempionatning navbatdagi o‘yinida "Bayer" o‘z maydonida Frankfurtning "Ayntraxt" klubiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 12 sentyabr, juma kuni bo‘lib o‘tadi. Bellashuvga Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da start beriladi.

Ten Xag avvalroq "Manchester Yunayted" va "Ayaks" klublarida ishlagan. Uning boshchiligidagi mankunianliklar Angliya kubogi va Liga kubogini qo‘lga kiritdi. "Ayaks" ten Xag bilan Niderlandiya chempionligiga 3 martta ega chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!