
Tennis: 19 yoshli Gauff "US Open" turniri g‘olibasi bo‘ldi
Dunyoning 6-raketkasi Kori Gauff "US Open" finalida Arina Sobolenkodan ustun keldi - 2:6, 6:3, 6:2.
Amerikalik tennischi birinchi marta "Katta dubulg‘a" tasnifida chempionlikni qo‘lga kiritdi. 2022 yilda u "Rolan Garros" finalida Iga Shvyontekka yutqazib qo‘ygandi.
19 yoshli amerikalik WTA tasnifidagi oltinchi g‘alabani qo‘lga qiritdi. Shuningdek, u "Open era"da (1968 yildan beri) 60-"Katta dubulg‘a" chempioni bo‘ldi.
Turnir yakuniga ko‘ra, Koko reytingning 3-pog‘onasiga ko‘tarildi. AQShlik tennischilar orasida Jessika Pegulani ortda qoldirib, 1-raqamga aylanadi.
Fikrlar