Terens Krouford P4P reytingidagi o‘rnidan norozi!

  • 25 iyun, 14:48
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Yarim o‘rta va birinchi yarim o‘rta vazn toifalarida sobiq mutlaq jahon chempioni Terens Krouford nufuzli "The Ring" jurnali talqiniga ko‘ra, vazn toifasidan qat’i nazar, dunyoning eng yaxshi bokschilari reytingida uchinchi o‘rinni egallab turganidan noroziligini bildirdi.

Tecno

"Men uchinchi o‘rindaman?! Kim bunday qildi? Men ular bilan jiddiy gaplashib olishim kerak. Birinchi o‘rindagi Alekskandr Usikka e’tirozim yo‘q. Biroq men, Naoya Inouedan yuqoriroqda bo‘lishim kerak. Undan ancha kuchliman" - deya amerikalikning so‘zlarini keltirdi "SecondsOut".

Eslatib o‘tamiz, Krouford 2024 yilning 3 avgust kuni bokschimiz Isroil Madrimovga qarshi ringga ko‘tarilib, yakunda ochkolar evaziga g‘alaba qozongandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!