
Terens Krouford va Saul Alvares o‘rtasidagi jang boshqa sanaga ko‘chirildi
Amerikalik taniqli bokschi Terens Krouford va meksikalik Saul Alvares o‘rtasidagi mutlaq jahon chempioni unvoni uchun jang yangi sanaga ko‘chirildi. Bu haqda "The Ring" nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, 13 sentyabrda o‘tkazilishi belgilangan bahs bir kun keyin, aniqrog‘i, 14 sentyabrda bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, oxirgi jangida Krouford vakilimiz Isroil Madrimovni ochkolar evaziga mag‘lub etgan bo‘lsa, "Kanelo" kubalik Uilyam Skull ustidan hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongan edi.
Fikrlar