Terma jamoa o‘yinchisi boshidan o‘q edi (foto)

  • 19 sentabr, 2020, 19:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Livan terma jamoasida uch ta uchrashuv o‘tkazgan Muhammad Atvi boshiga o‘q tegib olgan jarohati oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.

Ko‘ngilsiz voqea shu yilning 21 avgust kuni sodir bo‘lgan edi. O‘shanda Beyrutda yuz bergan portlash qurbonlaridan birining dafn marosimiga    yig‘ilganlar marhumning xotirasi uchun osmonga qarata o‘q uzdi. Kutilmaganda, yaqin o‘rtadan o‘tib ketayotgan futbolchining boshiga daydi o‘q kelib tegdi.

Futbolchi zudlik bilan shifoxonaga etkazilib, sun’iy komaga solindi. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, Muhammad Atvi 18 sentyabr kuni jon berdi.

mohamed-atvi

Atvi faoliyati davomija o‘z yurtining “Al-Ansor”, “Tadamon Sur” va “Axaa Ahli” jamoalarida to‘p surgan va Livan terma jamoasiga ham jalb etilgan edi.

- Bu nafaqat Atvilar oilasi, balki klubimiz uchun ham katta yo‘qotish. U jamoa etakchisi sifatida muxlislar qalbidan joy olgan edi. Jamoamiz uchun juda ko‘p narsa bera olgan futbolchi edi, - deb bayonot berdi “Al-Ansor” klubi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!