
Terma jamoaga nomzod legionerimiz etakchiga aylandi
Xabaringiz bor, o‘zbekistonlik futbolchi Ikrom Aliboev Koreya K-2 Ligasida ligasida ishtirok etuvchi "Sonnam" jamoasi a’zoci hisoblanadi. 30 yoshli yarim himoyachimiz klubining ikkinchi sardor etib tayinlandi, bu haqida futbolchimiz ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi. Aliboev Koreya K-2 ligasining 17 va 18-turlarida jamoasini sardor sifatida maydonga olib tushdi.
Bundan tashqari, hamyurtimizning Koreya ligalarida 100 ta uchrashuv o‘tkazgani haqida klub matbuoti tomonidan ma’lumot berilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Aliboev joriy mavsumda 14 o‘yinda maydonga tushib o‘z hisobiga 1 ta assistni yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar